Алфавит

Bahrom NazarovMusofir

+1717
  • Просмотров:  
  • Размер: 4,1 MB
  • Длительность: 3:46
  • Качество: 128
  • Дата релиза: 6-11-2019, 05:33
Слушать
Скачать

Текст песни
Kecha kunduz qilib mehnat
Eshitmaydi goho rahmat
Tomog'idan o'tmas minnat
Toshari bor oshlarida
Musofirning

Onasini quchib yurar
Bolasini quchib yurar
Samolarda uchib yurar
Uyqusida tushlarida
Musofirning

Musofirning noni qattiq
Musofirning nomi qattiq
Musofirning joni qattiq
Savdolari ko'p boshlarida

Olislarda yallama yor
Qilib yurar demang zinhor
Vataniga sog'inchi bor
Tergan har bir g'ishtlarida

Topganiga to'y qilay deb
O'g'limga uy joy qilay deb
Akam ukam boy qilay deb
To'kildi soch tishlarida

Sog'inch nima haqiqatdan
So'rang undan berasiz tan
Faqat vatan yana vatan
O'ylar o'y-u tashvishlardan

Kecha kunduz qilib mehnat
Eshitmaydi goho rahmat
Tomog'idan o'tmas minnat
Toshari bor oshlarida
Musofirning

Musofirning noni qattiq
Musofirning nomi qattiq
Musofirning joni qattiq
Savdolari ko'p boshlarida(x2)
Комментарии
Добавить