Алфавит

Bahrom NazarovDedim

+44
  • Просмотров:  
  • Размер: 4,79 MB
  • Длительность: 4:31
  • Качество: 128
  • Дата релиза: 6-11-2019, 05:30
Слушать
Скачать

Текст песни
Dedim labing shirinligin
Ey sho'x bildir o'rgatib
Deding bila olmas kishi
To ko'rmasa oni totib

Dedim ko'zinggning zahridin
Man xasta edim ko'rgani
Deding zuloli la'lima jon
Sharbatin bergum totib

Dedim beling shavug'ida
Yig'lardim bir oqshom tinmadim
Deding kulib ko'p yig'lama
Bu tun belim quchgin yotib

Dedim beling quchmoq bilan
Sabr etmasa ko'nglim netay
Dedi tilim Shahdini so'r
Ko'ksimda jismim ovutib

Dedim seni gar nogahon
Uyquda ko'rsam na qilay
Dedi yuzim ohista o'p
Tasdiq berma uyg'otib

Dedim ne aylay gar yuzing
Yopsa bu aldar kokiling
Dedi ko'zim och kokilim
Qo'l birla har yon tarqatib

Dedim bu so'zlar Ogahiy
Haqida chindurmu ekan
Deding qilurman shod olib
Yolg'on so'z ila aldatib

Dedim labing shirinligin
Ey sho'x bildir o'rgatib
Deding bila olmas kishi
To ko'rmasa oni totib
Комментарии
Добавить