Botir QodirovQarashlarga
0
0
0
Оценка
0
- Просмотров:
- Размер: 6.95 MB
- Длительность: 7:11
- Качество: 135
- Дата релиза: 15-04-2025, 00:03
Текст песни
Shirin jonim fido bo`lsun o`shal bo`ylab qarashlarga,
Gahi o`ynab, gahi yayrab, gahi so`ylab qarashlarga.
Bu ne rohat, deya qalbim nishon o`lmoqqa hozirdur,
Otish-chun shay bo`lib qoshlar, o`qin joylab qarashlarga.
Qoshing ostidagi ayyor nishonga oldilar nogoh,
Meningdek notavon shoddir, bu xil siylab qarashlarga.
Raqiblar sezsalar, jonon, kuyib kul bo`lg`usi shu dam,
Alardin ajratib bizni suyib-saylab qarashlarga.
Tig`ing yetganda ko`ksimga, ki ko`zlar to`qnashib qolgay,
Nishonga tegdimu yo`qmi, deya o`ylab qarashlarga.
Muruvvat qilmasang, qalbim yarosi bitmag`ay emdi,
Dilim mushtoq, borurman, deb imo aylab qarashlarga.
Kel, endi bir visolingga yetay dilxasta oshiqman,
Sababdursan dili yig`lab, tili kuylab qarashlarga.
Tunu-kun oy-quyosh yanglig` ko`zim ustida bo`l, jonim,
Sabab bo`lma oyu yillab yo`ling poylab qarashlarga.
Sabab bo`lma yo`ling poylab oyu yillab qarashlarga.
Shirin jonim fido bo`lsun o`shal bo`ylab qarashlarga

Развернуть полностью
Похожие песни
Комментарии
Добавить