Алфавит

Yulduz UsmonovaYoqmadim

+11
  • Просмотров:  
  • Размер: 4,27 MB
  • Длительность: 4:40
  • Качество: 128
  • Дата релиза: 5-12-2020, 07:12
Слушать
Скачать

Текст песни
Men dunyoga yoqmadim dunyo menga yoqmaydi
Tunlar hamrohim mening ziyo menga boqmaydi
Omad tole bog'idan baxt olmasin qoqmaydi
Qancha alam ko'rmayin ko'zimdan yosh oqmaydi

Shohmanmi, gadomanmi borar yerim qabrdir
Ko'zlarimni zor qilgan kamyob tuyg'u qadrdir
Odamzodga ovunchoq tagi Rahmon sabrdir
Biz uch kunlik lola-yu maskan dunyo adirdir

Azobi ne bo'libdi do'zax tuni oldida
Quvonchi quvonch emas Jannat nuri oldida
Yurar yo'li yo'l emas Sirot yo'li oldida
Mangulikda ma'no yo'q Mahshar kuni oldida

Men paydo bo'lmay turib, taqdirim yaralgandir
Qilar gunohlarim-u savobim yaralgandir
Ne chora beshik bilan tobut ham yaralgandir
Alloh bergan bu jonim Allohga atalgandir

Shohmanmi, gadomanmi borar yerim qabrdir
Ko'zlarimni zor qilgan kamyob tuyg'u qadrdir
Odamzodga ovunchoq tagi Rahmon sabrdir
Biz uch kunlik lola-yu maskan dunyo adirdir
Комментарии
Добавить