Алфавит

Oypopuk EshonxonovaDunyo

+1822
  • Просмотров:  
  • Размер: 4,51 MB
  • Длительность: 4:48
  • Качество: 128
  • Дата релиза: 7-10-2018, 08:11
Слушать
Скачать

Текст песни
O'ylar edim hayot bizni siylaydi deb,
Biz kuylagan qo'shiqlarni kuylaydi deb.
Bugun bo'm-bo'sh yuragimni siylayapman,
Hayot qanday aytsa shunday kuylayapman.

O'ylar edim so'nmas mening g'ururlarim,
Ko'ksimdagi hayratlarim, sururlarim,
Bugun qoldim ikki o'tning ozorida,
Yig'layapman g'ururimning mozorida.

Ay ay ay dunyo ey,
Dunyo ey bevafo. (2x)

O'ylar edim do'stlarim bor, dil tog' etar,
Yo'limdagi chohlarimdan ogoh etar.
Yo rab bugun bu o'yinda o'zib chiqdim,
Do'stim tashlab ketgan chohdan o'zim chiqdim.

O'ylar edim sevgan yorim tashlab ketmas,
Jondan sevar ko'zlarimni yoshlab ketmas.
O'ylar edim men deb unday ado yo'qdur,
Bugun undan sado yo'qdur, sado yo'qdur.

Ay ay ay dunyo ey,
Dunyo ey bevafo. (2x)

O'ylar edim tog'dek baland yashayman deb,
Qirchalarga qandoq nazar tashlayman deb.
Tog'dek cho'kdim nelar larza soldi menga,
Bugun tog'lar qirdek bo'lib qoldi menga.

Dunyo ekan tog'laringni qir qilguvchi,
Dunyo ekan osmonlaring yer qilguvchi.
Kelishmadim to shu yolg'on savdo bilan,
Ona-bola bo'lolmadim dunyo bilan.

Ay ay ay dunyo ey,
Dunyo ey bevafo. (2x)

Dunyo ey bevafo. (2x)
Комментарии
Добавить