Алфавит
Главный » Ўзбекча янги қўшиқлар » Asadbek Rahmatullayev - Onam kelin topdi

Asadbek RahmatullayevOnam kelin topdi

00
  • Просмотров:  
  • Размер: 2.78 MB
  • Длительность: 3:00
  • Качество: 128
  • Дата релиза: 8-12-2024, 19:57
Слушать
Скачать


Текст песни
Onam kelin topdi - yoqdi o’sha qiz
Ayro tushdi endi yo’lim siz bilan
Yig’lasangiz yig’lang, endi farqi yo’q
Endi ko’rishmaymiz, gulim, siz bilan

Sovchilarim borsa, nozlar qilgansiz
Osmondagi bitta oyman degansiz
Kechib ketolmaydi deb o’ylagansiz
Endi ko’rishmaymiz, gulim, siz bilan

Ko’zlaringiz nega yoshga to’lyapti
Menga baxtlar tilang yorug’ yuz bilan
To’yimga borarsiz, aytgani keldim
Endi ko’rishmaymiz, gulim, siz bilan

Ortingizdan yurib rosa tolgandim
Qadrim bilmadingiz, yaxshi ko’rgandim
Bag’ritoshlikni ham sizdan o’rgandim
Endi ko’rishmaymiz, gulim, siz bilan

Xafa qilgan bo’lsam, uzr so’rayman
Baxtimiz kulmadi sizday qiz bilan
Ishqingizda kuygan Qodir yo’q endi
Endi ko’rishmaymiz, gulim, siz bilan
Комментарии
Добавить