Алфавит
Главный » Ўзбекча янги қўшиқлар » Abdulla Qurbonov - Ya Rasululloh (Qo'shiq matni, Lyrics, Тексты Песен)

Abdulla QurbonovYa Rasululloh

+1717
  • Просмотров:  
  • Размер: 6,97 MB
  • Длительность: 4:58
  • Качество: 192
  • Дата релиза: 14-05-2019, 06:22
Слушать
Скачать

Текст песни
Siz bashar farzandi Abdulloh o'g'li
Arab sahrosidek otashin cho'g'li
Payg'ambar bo'ldingiz muzaffar tug'li
Assalamu alayka ya Muhammad
Assalamu alayka ya Axmad

Ya Olloh rasuli tengi yo'q inson
Sizning yo'lingizni yoritgay Quron
Siz olam sarvari siz nuri jahon
Assalamu alayka ya Muhammad
Assalamu alayka ya Axmad

Qiyomat ayyomi mahshar ayyomi
Sizga nasib etsin Maxmud maqomi
Mudom tilingizda ummatlar nomi
Assalamu alayka ya Muhammad
Assalamu alayka ya Axmad

Sizning murodingiz hidoyat erur
Sho'rlik bandalarga inoyat erur
Sizga ummat bo'lmoq saodat erur
Assalamu alayka ya Muhammad
Assalamu alayka ya Axmad

Dunyoda yaxshilar ko'p boriga shukr
Ular bor yog'ilar zamin uzra nur
Ummatsiz yo'q sizga halovat huzur
Assalamu alayka ya Muhammad
Assalamu alayka ya Axmad

Keldim ziyoratga osurda jonman
Ranju ma'nolardan to'ygan insonman
Sizning poyingizda gardman to'zonman
Assalamu alayka ya Muhammad
Assalamu alayka ya Axmad

Hatlib nina bilan tog'larni qazdim
Bandaman rost yo'ldan gohida ozdim
Hatlib nina bilan tog'larni qazdim
Bandaman rost yo'ldan gohida ozdim

Tavbamning ishori shu sherni yozdim
Assalamu alayka ya mustafo
Assalamu alayka ya Muhammad
Assalamu alayka ya Rasululloh
Sollollohu Alayhi Vasallam
Комментарии
Добавить