Алфавит

Feruz Jo'rayevQimorbozlar

00
  • Просмотров:  
  • Размер: 8,39 MB
  • Длительность: 3:40
  • Качество: 320
  • Дата релиза: 13-11-2022, 17:11
Слушать
Скачать

Текст песни
Kuz fasli hazonlar
Go'zal shamol yomg'irlar
Daraxtlar to'kilar
Kimlarga baxt ulashar

O'n sakkiz yoshida
Ketib musofirlikka
Olti yil tinmay ishlab
Pul to'plab qaytdi uyga

Temur rosa qiynalgan
Yemay ichmay pul to'plab
Barisiga chidagan
Oylarni yilga ulab

Ba'zida ko'chalarda
Yotgan qorda sovuqda
Uydagilariga aytgan
Manda bari yaxshida

Xavotir olmamh ona
Ustim qalin qornim to'q
Rossiya sovuq emas
Ishdan butta kamim yo'q

Deb aldab taskin berar
Ota va onasiga
Qiyinchilik juda ko'p
Tushgan uni boshiga

Barisini yengib u
Mana qaytdi uyiga
Kuz oxiri noyabr
Tayyorlanib to'yiga

Uy joyi joy joyida
Hatto oldi mashina
To'yi ajoyib o'tdi
Versal to'yxonasida

Baxtli o'tar edi kunlari
Hamma edi havasda
Ayolini sevadi
Do'stlar yonib hasadda

Shunday o'tar kunlari
Ajoyib bunda bari
Ertakdagidek go'yo
O'tar asal oylari

Hamma krugda bo'lar
Hasadgo'y sinfdoshlar
O'zi erisholmaydi
Erishganlarga kuyar

Mehmondek borib uyga
Ko'raylik deb Temurni
Bir biriga aytishdi
Sindiramiz bolani

Timurda g'arazlik yo'q
Kulib kutdi do'stlani
Jigarimsila dedi
Mehmon qilgancha barin

Hussi aytdi ertaga
O't yangi uchastkamga
Hammamiz yig'ilamiz
O'tmasang qaraginda

Husan puxta tuzgan edi
Rejasini soatlab
Marzalani to'plagan
Bitta bitta saralab

Aytilgan joyga bordi
Timur sodda bechora
Mehmon bo'lib qaytaman
Deb o'ylardi na chora

Bordi Timur mehmonga
Qarasa begonalar
Husan jigarim kelib
Qani kutib olinglar

Hamma o Temur Temur
Deya quyishdi aroq
O'zlariga kam quyib
Unga quyishdi ko'proq

Mast bo'ldi Timur ana
Biri dedi taklif bor
Kelila zerikmaymiz
O'ynamaymizmi qimor

Ha davay davay deya
O'ynamaganga qo'ymay
Temur ham o'ynab dedi
Valaqlab o'zin bilmay

Timur kirib ?
Yutqazdi pillarini
Yana suz deb baqirar
Yutqazdi mashinani

Davay uyim tikaman
O'ynay olasan qaysing
Uy bo'lsa uyda jo'ra
Yerda qolmasin so'zing

Deya uyni tikishdi
Bari yutilgan pulga
Yutqazdi uyini ham
Omadi kelmadida

Alamidan baqirar
Yana o'ynaysan qaysin
Temur sanda qoldi
Tikishinga xotining

Sarmast edi farqi yo'q
Xotin bo'lsa xotinda
Shu qo'l aniq yutaman
Omad kelar qimorda

Deya o'yin boshlandi
Bu gal ham mag'lubiyat
Temur esa baqirar
Bermasdan ahamiyat

Qimorbozlar ketishdi
Temurbekni uyiga
Timur sizni kutyapti
Deb aytishdi kelinga

Mashinaga mindi u
Kelib Temur yoniga
Kelinga tegajog'lik
Qilishdi ko'z oldiga

Nomusin toptashdilar
Kelinchak baqirardi
Temur sarmast turolmas
Ikkitasi ushlashardi

Ayoli yugurgancha
Stoldan pichoq olib
O'z joniga qadr qildi
Yurakka pichoq sanchib

Kayfi tarqab Timurni
Ularga qarshi chiqib
Husan ushla degancha
Temurga pichoq sanchib

Shunday oila barbod
Qimorbozlar qochishdi
Ikkisi vafot etdi
Qimorni deb o'lishdi

Vou beshavqat buncha taqdir
Uvo vau chilla ham chiqmay axir

Ichkilik kayfu safo
Yana balo battarlar
Barisiga sababchi
Bo'ldimi qimorbozlar

Vou beshavqat buncha taqdir
Uvo vau chilla ham chiqmay axir

Ichkilik kayfu safo
Yana balo battarlar
Barisiga sababchi
Bo'ldimi qimorbozlar
Комментарии
Добавить