Алфавит

Yusuf EltoyevMusofir

00
  • Просмотров:  
  • Размер: 1,15 MB
  • Длительность: 1:15
  • Качество: 128
  • Дата релиза: 6-11-2022, 20:10
Слушать
Скачать

Текст песни
Kuyib ketdim onajon
Rossiyani sovug'idan
Qor yog'adi har kuni
Ho'jayinni qovog'idan

Kecha ayoz ishlagandik
Qurib ketsin rubili
Sovuq olib qo'yibdi
Do'stginamning oyog'idan

Har kun tongda turamiz
Yana o'sha ish onajon
Rossiyada bir yilda
8 oylab qish onajon

Musofirning dardini
Kim ham bilar qadrini
Ko'rpachamiz beton bo'ldi
Yostig'imiz g'isht onajon

Tezroq uyga qaytardik
Pulimizni berishsa
Bizning aybimiz nima
Rus Ukrain urushsa

Hamma odam Atoyu
Momo havo farzandi
Nahot bular tinchlikni
Shuncha yomon ko'rishsa

Dardlarimni men kuylab
She'r qilib yozdim ona
Sog'inib men sizlarni
Anchayin ozdim ona

Imkon bo'ldi deguncha
Qishlog'imga ketaman
Yoningizda bo'lmasam
O'g'il bo'lib netaman
Комментарии
Добавить