Алфавит
Главный » Ўзбекча янги қўшиқлар » Murod Manzur - Mol talash dunyo talash

Murod ManzurMol talash dunyo talash

+1618
  • Просмотров:  
  • Размер: 3,18 MB
  • Длительность: 3:28
  • Качество: 128
  • Дата релиза: 28-02-2019, 15:38
Слушать
Скачать

Текст песни
Aka-uka qarindosh
Bir-biriga otar tosh
Boriga qilmay bardosh
Mol talash dunyo talash

Bor molini ko'zlashib
Begonadek so'zlashib
Bir biriga bo'zlashib
Mol talash dunyo talash

Barisin olib cho'tga
O'zlarin otib o'tga
Bir-birin berib sudga
Mol talash dunyo talash

Dunyo qolar hammadan
Boylik qolar hammadan
Kechib xola ammadan
Mol talash dunyo talash

Hammadan tez chopay deb
Koshonalar solay deb
Hammadan tez chopay deb
Mol talash dunyo talash

Ota ko'zin yoshlashib
Ona ko'nglin g'ashlashib
Aka-uka mushtlashib
Mol talash dunyo talash

Eh oqibat o'ldimi
Mehr nuri so'ndimi
Yo qiyomat bo'ldimi
Mol talash dunyo talash

Pul dardida qir osha
Chekarkan nafrat tosha
Ayanchli bir tomosha
Mol talash dunyo talash

Shox Iskandar so'zlari
Ibratmasmi yo'llari
Ochiq ketgan qo'llari
Mol talash dunyo talash

Ex bu nafsga o't tushsin
To'g'ri yo'l insof bersin
Pul o'lsine pul o'lsin
Mol talash dunyo talash

Ko'rgan odam hayronda
Qancha dillar vayronda
Tug'ishganlar har yonda
Mol talash dunyo talash

Bir-biriga suyanmay
Yordam so'rsa berolmay
El oldida uyalmay
Mol talash dunyo talash

Mol talash dunyo talash
Mol talash dunyo talash
Комментарии
Добавить