Алфавит
Главный » Ўзбекча янги қўшиқлар » Abdurashid Isoqov - Sen bahorni sog'inmadingmu

Abdurashid IsoqovSen bahorni sog'inmadingmu

00
  • Просмотров:  
  • Размер: 5,92 MB
  • Длительность: 5:03
  • Качество: 160
  • Дата релиза: 31-03-2022, 17:43
Слушать
Скачать

Текст песни
Uyg'onguvchi bog'larni kezdim
Topay dedim qirdan izingni
Yonog'ingdan rang olgan dedim
Lolazorga burdim yuzimni

Uchratmadim ammo o'zingni
Sen bahorni sog'inmadingmu
Uzoqlarda zalvorli tog'lar
Xayolimni keldilar bosib

Kechdi qancha intizor chog'lar
Vasling menga bo'lmadi nasib
Sensiz men ham, bahor ham g'arib
Sen bahorni sog'inmadingmu

O'ngirlarda sakraydi ohu
Na'matakda sa'va mittijon
Qorliklardan sipqarilgan suv
Daralarda uradi javlon

Nigohimdan faqat sen pinhon
Sen bahorni sog'inmadingmu
Mana, bugun navro'zi olam
Do'stlarimga gullar tutarman

Qaylardasan, sevgili erkam
Qo'limda gul, seni kutarman
Umrim bo'yi chorlab o'tarman
Sen bahorni sog'inmadingmu
Комментарии
Добавить