Алфавит
Главный » Ўзбекча янги қўшиқлар » Zulfiya - Ayolga baxt bering (she'r)

ZulfiyaAyolga baxt bering (she'r)

00
  • Просмотров:  
  • Размер: 2,06 MB
  • Длительность: 2:15
  • Качество: 128
  • Дата релиза: 6-03-2022, 06:30
Слушать
Скачать

Текст песни
Ayolga baxt bering, saodat bering
Demang yuribdi-ku kulib, jilmayib
Ayol kulib turib o‘lishi mumkin
Dunyoni olishi mumkin jilmayib

Ayolga baxt bering, saodat bering
Gar ko‘zlari kulib tursa-da
Bo‘g‘zining ostida necha ming hasrat
Oy yuzlari kulib tursa-da.

Ko‘nglini ko‘taring hech bo‘lmaganda
Qo‘lini silashga shafoat toping
Yig‘lab turganida hech bo‘lmaganda
Yoshini artishga muruvvat toping

Nogoh yerga tushsa oppok ro'moli
Bosib o‘tmaslikka shafoat toping
Chaqaloq yalagan etaklarini
Toza deb aytishga adolat toping.

Ayolga baxt bering, saodat bering,
Demang yuribdi-ku kulib, jilmayib.
Ayol kulib turib o‘lishi mumkin,
Dunyoni olishi mumkin jilmayib

Ayolga baxt bering, saodat bering
Illohi nur toping, hidoyat toping
Illohi baxt bergan ayol yonidan
Baxtiyor o‘tmokqa inoyat toping

Illohi qalqonsiz, illoh qo‘rg‘onsiz
G’iybatlar yirtmasin ko‘ylakkinasin
Illohi hushyorsiz, illoh bedorsiz
Itlar tishlamasin yurakkinasin

Ayolga baxt bering, saodat bering,
Tog‘ qimirlab, toshlar so‘zga kirsa-da,
Ayolga baxt bering, saodat bering,
Oltmishga kirsa-da, yuzga kirsa-da.
Комментарии
Добавить