Алфавит
Главный » Ўзбекча янги қўшиқлар » Jahongir Otajonov - Onajonim

Jahongir OtajonovOnajonim

+44
  • Просмотров:  
  • Размер: 14,99 MB
  • Длительность: 6:31
  • Качество: 320
  • Дата релиза: 10-01-2022, 20:18
Слушать
Скачать

Текст песни
Tanish eshik, qadrdon uy, jonajon hovli
Ichkariga yo'llanaman dilim orziqib
Onam peshvoz chiqar chopib, qo'lida chovli
Norin solib turgan ekan shoshib, hovliqib

Har gal shunday qaylarnidir kezib kelaman
Munisginam har safar ham bir ish bilan band
Qo'li tegmas qo'liga hech, hayron bo'laman
Qaydan ekan onamdagi shunchalik g'ayrat

Onajonim, onajonim, bir dam o'tir yonimda
Norinni qo'y, qo'ni-qo'shni emas gapir o'zingdan
Onajonim, onajonim, ichikibsan, sog'inibsan
Hammasini o'qib oldim shundoqqina ko'zingdan

Onajonim, onajonim, tin olgin biroz
Mayli, shu on yumushlaring bitmay ham qolsin
Turma faqat, ishim ko'p deb qilma e’tiroz
Ko'zlaringning ziyosiga toy bolang qonsin

Onajonim, onajonim, tin olgin biroz
Mayli, shu on yumushlaring bitmay ham qolsin
Turma faqat, ishim ko'p deb qilma e’tiroz
Ko'zlaringning ziyosiga toy bolang qonsin

Ayvon sari yetaklaydi so'rab hol-ahvol
Par yostiqlar qo'yar, to'shar yangi ko'rpacha
Orom olib bir ozgina, uxlab olaqol
Norinim ham tayyor bo'lar sen turgungacha

O'zing o'tir onajonim, norining keyin
Qo'ni-qo'shni emas, gapir avval o'zingdan
Ichikibsan, sog'inibsan, yana ne deyin
Hammasini o'qib oldim shundoq ko'zingdan

Orom na der, bildingmi sen farog'at nedir
Nedir beg'am bo Xudo deb yonboshlab yotish
Yumushlaring zanjiridan chiqib besabr
Ovsin, ajam, qo'shnilarga biroz gap sotish

Onajonim, onajonim, bir dam o'tir yonimda
Norinni qo'y, qo'ni-qo'shni emas gapir o'zingdan
Onajonim, onajonim, ichikibsan, sog'inibsan
Hammasini o'qib oldim shundoqqina ko'zingdan

Onajonim, onajonim, tin olgin biroz
Mayli, shu on yumushlaring bitmay ham qolsin
Turma faqat, ishim ko'p deb qilma e’tiroz
Ko'zlaringning ziyosiga toy bolang qonsin
Комментарии
Добавить