Алфавит

SherzodbekOnajon

00
  • Просмотров:  
  • Размер: 8,62 MB
  • Длительность: 3:40
  • Качество: 320
  • Дата релиза: 24-10-2021, 12:24
Слушать
Скачать

Текст песни
Bemor bo`lsa gar u zot,
Titroq bosar tanamni.
Robbim, ayla ehtiyot,
Xasta qilma onamni.

Ularsiz yashash og`ir,
Tingla bir bor nolamni.
O`tinaman, ey Tangrim,
Xasta qilma onamni.

Onajonim, onam mani,
Mehribonim, jonim mani. (x2)

Otamning ko`ngil ardog`i,
Jonajonim onam mani.
Otamning suyukli yori,
Jannatgo`sham onam mani.

Yo`q ulardek mehribon,
Tushunarlar odamni.
Jonini ayla omon,
Xasta qilma onamni.

Keltirdilar dunyoga,
Ko`rdi qancha alamni.
Chidadilar sinovga,
Xasta qilma onamni.

Dil yaram bilasan lek,
Yangilama yaramni.
Qo`yib hayotimga chek,
Xasta qilma onamni.

Mushtoqdirlar yo`limga,
Qalbin tilma onamni.
Rozidirman o`limga –
Xasta qilma onamni.

Onajonim, onam mani,
Mehribonim, jonim mani. (x2)

Otamning ko`ngil ardog`i,
Jonajonim onam mani.
Otamning suyukli yori,
Jannatgo`sham onam mani.
Комментарии
Добавить