Алфавит

Abdurazzoq IsoqovOtajon

00
  • Просмотров:  
  • Размер: 4,63 MB
  • Длительность: 5:04
  • Качество: 128
  • Дата релиза: 14-10-2021, 14:07
Слушать
Скачать

Текст песни
Sog’insam otajonim
Izlayin qayerlardan
Sog’insam nur jahonim
Izlayin qayerlardan

Hovlimiz sahnasida
Izlari qolganmikan
Og’lining oq yuzida
Islari qolganmikan
Yo ko’zgu nigohlarida
Payt poylab turganmikan

Dasturxon yozilganda
Ne’matlar to’kiladi
Termulib o’turarman
Yuragim eziladi
Ko’ray deb qaroqlar ham
Chokidan so’kiladi

Sog’insam otajonim
Izlayin qayerlardan
Sog’insam nur jahonim
Izlayin qayerlardan

Oqsoqol otalarga
Qush kabi talpinarman
Ko’rsam gar suratlari
Suv kabi qalqinarman.
Yig’lamay yashaymanu,
Ammo ko’p sog’inarman,
Sog’insam otajonim ,
Izlayin qayerlardan?
Sog’insam nur jahonim,
Izlayin qayerlardan?
Sog’insam nur jahonim,
Izlayin qayerlardan?
Izlayin qayerlardan?
Комментарии
Добавить