Алфавит
Главный » Ўзбекча янги қўшиқлар 2019-2020 » Yulduz Turdiyeva - Ona men keldim degin

Yulduz TurdiyevaOna men keldim degin

00
  • Просмотров:  
  • Размер: 4,8 MB
  • Длительность: 5:14
  • Качество: 128
  • Дата релиза: 6-12-2020, 11:06
Слушать
Скачать

Текст песни
Bolam, kelsang qay mahal
Ko`zim yo`lingga mahtal
Qoshimga kelib har gal
Ona, men keldim, degin

Kechiksang, tundan so`rab
Holingni kundan so`rab
Turarman yo`ling poylab
Ona, men keldim, degin

Gado qildi bu hijron
Yo`limni to`sar dovon
Yengmasin desang armon
Ona, men keldim, degin

Ko`rmagin hech yomon kun
Baxtingni ko`ray butun
Yuragimga bo`l ustun
Ona, men keldim, degin

Bolam, kelsang qay mahal
Ko`zim yo`lingga mahtal
Qoshimga kelib har gal
Ona, men keldim, degin

Yaqinlashib qoldi kuz
Ko`ksimda bir hovuch tuz
Mador bo`lar bitta so`z
Ona, men keldim, degin

Umr - o`tkinchi shamol
Bir kun qaddim bo`lar dol
Shunda ham kelmay malol
Ona, men keldim, degin

Bolam, kelsang qay mahal
Ko`zim yo`lingga mahtal
Qoshimga kelib har gal
Ona, men keldim, degin

Tildan qolsam, so`zim bo`l
Nuri ketsa, ko`zim bo`l
Ortda qolar izim bo`l
Ona, men keldim, degin (x2)

Kelsa aytar kun vido
Qismat aylasa judo
Boshimda aylab duo
Ona, men keldim, degin (x2)

Bolam, kelsang qay mahal
Ko`zim yo`lingga mahtal
Qoshimga kelib har gal
Ona, men keldim, degin

Mana men keldim, degin
Yana men keldim, degin

Комментарии
Добавить