Алфавит
Главный » Ўзбекча янги қўшиқлар » Холик Хурсандов - Карвон курдим (1978)

Холик ХурсандовКарвон курдим (1978)

+88
  • Просмотров:  
  • Размер: 2,68 MB
  • Длительность: 2:45
  • Качество: 136
  • Дата релиза: 29-11-2020, 09:12
Слушать
Скачать

Текст песни
Karvon ko'rdim tuyalari bo'zlab kelar
Nortuyada mening yorim izlab kelar (x2)
Menga bergan va'dalari esdan chiqib
Ostonasi tillo yurtni ko'zlab kelar (x2)

Peshonangga yozganidan ayrilma yor
Jonim chiqar qo'shiq aytsam qayrilma yor

Karvon yo'li ketgunicha qizg'aldoq zor
Yig'lamagin yig'lagandan dunyo bezor
O'ynab-o'ynab kulib-kulib ketayvergin
G'amga o'zim xaridorman o'zim bozor

Peshonangga yozganidan ayrilma yor
Jonim chiqar qo'shiq aytsam qayrilma yor

Qorli tog'dan naridadir o'zga diyor
O'zga yurtda kelin bo’lib qolishing bor
O'zga yurtda o'z yurtingni eslab turgin
Menga emas o'z yurtingga bo'l intizor

Peshonangga yozganidan ayrilma yor
Jonim chiqar qo'shiq aytsam qayrilma yor

Men-chi menga goh g'am to'lar alam to'lar
Gohi shodlik gohida g'am nolam to'lar
Bu dunyoki meni ko'nglim yarim etding
Yarmi bilan kuylasam ham olam to'lar

Peshonangga yozganidan ayrilma yor
Jonim chiqar qo'shiq aytsam qayrilma yor

Karvon ko'rdim tuyalari bo'zlab borar (x2)
Nortuyada meni yorim izlab borar
Menga bergan va'dalari esdan chiqib
Ostonasi tillo yurtni ko'zlab borar

Menga bergan va'dalari esdan chiqib
Ostonasi tillo yurtni ko'zlab borar (x3)

Комментарии
Добавить