Алфавит

Shoxruz (Abadiya)Yomg'ir

+44
  • Просмотров:  
  • Размер: 3,67 MB
  • Длительность: 4:00
  • Качество: 128
  • Дата релиза: 16-11-2020, 01:27
Слушать
Скачать

Текст песни
Jonimga tegib ketdi ikkimizning oramizdagi
Munosabatni berkitish bu menga og'ir
Hurmat qilma meni lekin jonim hurmati bordir
G'ururimni yig'lama bo'ldi endi gapir

Kamsitar eding meni kamchiligimga
Hatto begonalarning oldida
Bilsang agar kamchiligim seni uchratib
Sevib ko'ngil qo'yganim edi aslida

Qancha xiyonat qilding oyoq qo'yib yuzimga
Men esa berkitaverardim do'stlarimdan
Oxir-oqibat haqiqatdan yuz burdim
Sen arazingni deb men ahmoq yolg'onga

Qiynalib tunlari o'ylardim
Ne rejalar bor yana deya sen bevafoni aqlida
Shu payt kimlar bilan nelarni so'zlasharding
Javob bermay qo'ng'iroqlarimga

Yomg'ir yog'adi tinmay dardlarim bilmay
Yomg'ir yomg'ir yomg'ir
Yana yomg'ir yog'adi tinmay dardlarim bilmay
Yomg'ir eslatib seni yog'adi tinmay

Yomg'ir yog'adi tinmay dardlarim bilmay
Yomg'ir yomg'ir yomg'ir
Yana yomg'ir yog'adi tinmay dardlarim bilmay
Yomg'ir yog'adi seni eslatib tinmay

Mana endi hammasi yaxshi mening hayotimda
Sen esa yolg'iz qolding bu menga og'ir
Vafoli yor yonimda ko'nglim senda bo'lsa ham
Afsus hamon yuragimni tirnaydi yomg'ir

Chunki seni uchratgan o'sha qora kunda
Yog'ib yomg'ir seni sevib qolishimga
Sabab bo'ldi nelardir
Ha o'sha yomg'ir o'sha yomg'ir

Tinch qo'ygin endi meni
Sen bilan yetolmagan baxtimga yetishimda
Hammasi men uchun qolib ketdi
O'sha qora baxtsiz azobi uzun o'tmishimda

Yana dardlarimni aytaman
Meni aldagan bu maftunkor yomg'irlarga
Baxtimga to'g'anoq bo`lma
Bezovta qilib meni vafoli yorim oldida

Yomg'ir yog'adi tinmay dardlarim bilmay
Yomg'ir yomg'ir yomg'ir
Yana yomg'ir yog'adi tinmay dardlarim bilmay
Yomg'ir eslatib seni yog'adi tinmay

Yomg'ir yog'adi tinmay dardlarim bilmay
Yomg'ir yomg'ir yomg'ir
Yana yomg'ir yog'adi tinmay dardlarim bilmay
Yomg'ir yog'adi seni eslatib tinmay

Ayt, nelar istaysan yana mendan? (x2)

Комментарии
Добавить