Алфавит
Главный » Ўзбекча янги қўшиқлар 2019-2020 » Zahida - Darak yo`q (Shohruhxon) (DNDM REMIX)

ZahidaDarak yo`q (Shohruhxon) (DNDM REMIX)

+11
  • Просмотров:  
  • Размер: 3,46 MB
  • Длительность: 3:47
  • Качество: 128
  • Дата релиза: 15-11-2020, 09:35
Слушать
Скачать

Текст песни
Qishlar ham o'tdi, sendan esa darak yo'q
Bahoru yozlar o'tdi, sendan darak yo'q
Xazonlar to'kildi kuzda, darak yo'q
Oradan qancha yillar o'tdi, xabar yo'q

Sen ketgan kundan beri menda orom yo'q
Charchadim, sensizlikka malham yo'q
Qaytmasliging bilsam ham, nega kutaman
O'zimni balki shu bilan ovutaman

Bilmayman, endi sensiz netaman
Sog'inchimga aslo qarshi borolmayman
Unutay deyman-u, lek unutolmayman
Tinmayman, seni yana kutaman

Xayolimda sen o'zing
Yuragimda sen o'zing
O mani dardim, dardim,
dardim sen o'zing!

Xayolimda sen o'zing
Yuragimda sen o'zing
O mani dardim, dardim, dardim o'zing
Faqat o'zing!

Senga aytolmagan hali so'zlarim bor
Bir ozga bo'lsa ham yo'qlasayding bir bor
Quchardim, rozi edim so'nggi bor
Xayr demay ketding, senga to'yolmadim

Vidolashishga ham aslo ulgurmadim
Bilmadim, sendan o'zga demadim
Balki hali ham kech emasdir, ber sado
Paydo bo'lsang, quvonchdan bo'laman ado

Ketmasdim, yoningdan bir zum aslo, hech aslo
Telbaga aylanmoqdaman men tobora
Ko'zlarim seni izlash bilan ovora
Dardimga topolmadim bir chora

Xayolimda sen o'zing
Yuragimda sen o'zing
O mani dardim, dardim, dardim o'zing

Xayolimda sen o'zing
Yuragimda sen o'zing
O mani dardim, dardim, dardim o'zing
Faqat o'zing


Комментарии
Добавить