Алфавит
Главный » Ўзбекча янги қўшиқлар » Ahad Qayum she'ri - Onajonim u kunlar o'tdi (Tingla yurak)

Ahad Qayum she'riOnajonim u kunlar o'tdi (Tingla yurak)

00
  • Просмотров:  
  • Размер: 1,68 MB
  • Длительность: 1:50
  • Качество: 128
  • Дата релиза: 21-10-2020, 10:19
Слушать
Скачать

Текст песни
Boshimizdan tashvishlar ketdi
Orzularga qo'limiz yetdi
Siz yig'lamang endi hech qachon
Onajonim u kunlar o'tdi

Pok niyatlar qildi tantana
Uyimizga baxt keldi yana
Yoningizda turibman mana
Onajonim u kunlar o'tdi

Ko'nglimiz ham qornimiz ham to'q
Ustimiz but bir g'amimiz yo'q
Yurtimiz tinch, baxtimiz to'liq
Onajonim u kunlar o'tdi

Yashnab yuring bog' bo'lib yuring
Baxtimizga sog' bo'lib yuring
Keksalikning gashtini suring
Onajonim u kunlar o'tdi

Utgan kunni eslab yig'lamang
Joningizni ortiq tig'lamang
Endi aslo g'amni yo'qlamang
Onajonim u kunlar o'tdi

Har kimsani sinaydi taqdir
Eslaganda ezilar bag'r
O'tib ketdi Xudoga shukur
Onajonim u kunlar o'tdi

Eh kimlardir qoldi uyatda
Sabr qildik yetdik niyatga
Omad kulib boqdi Ahadga
Onajonim u kunlar o'tdi
Комментарии
Добавить