Алфавит
Главный » Ўзбекча янги қўшиқлар » Umr yo'ldoshim - Ahad Qayum she'ri

Umr yo'ldoshimAhad Qayum she'ri

+44
  • Просмотров:  
  • Размер: 1,93 MB
  • Длительность: 2:07
  • Качество: 128
  • Дата релиза: 12-09-2020, 15:03
Слушать
Скачать

Текст песни
Yostiqlarga bir kun botsa gar boshim,
Meni sotib ketsa do'stu sirdoshim,
Sarg'aygan yuzlarim yuvsa ko'z yoshim,
O'shal kun men uchun kim achinar kim,
Eng avval kuyunar umr yo'ldoshim!

Bag'rimda ulg'ayib taniblar hayot,
Yonimda olarlar tarbiya sabot,
Farzandlarim ketar uchirib qanot,
Yostiqlarga bir kun botsa gar boshim,
Eng avval kuyunar umr yo'ldoshim!

Tirik jon xastalik quchishi mumkin,
Omad qushi boshdan uchishi mumkin,
Hatto muxlislarim kechishi mumkin,
Meni sotib ketsa do'stu sirdoshim,
Eng avval kuyunar umr yo'ldoshim!

Qarindosh jigarim, olam g'animat,
Otam g'animatdir, onam g'animat,
Yoshim qirqdan oshib kelib bir fursat,
Sarg'aygan yuzlarim yuvsa ko'z yoshim,
Eng avval kuyunar umr yo'ldoshim!
Комментарии
Добавить