Алфавит
Главный » Ўзбекча янги қўшиқлар » Ahad Qayum - Onasini yig'latgan farzand

Ahad QayumOnasini yig'latgan farzand

+44
  • Просмотров:  
  • Размер: 1,91 MB
  • Длительность: 2:05
  • Качество: 128
  • Дата релиза: 7-09-2020, 15:33
Слушать
Скачать

Текст песни
Bir kun izlarini izlab zor bo'lar,
Oxir ko'zlariga dunyo tor bo'lar,
Qaytar dunyo ishi o'ziga qaytib,
Onani yig'latgan farzand xor bo'lar.

O'zining to'rt kunlik rohatin o'ylab,
Suyganini siylab, onasin qiynab,
Bir kuni azobda qabrini yo'qlab,
Onani yig'latgan farzand xor bo'lar.

Tushunmas u nonko'r, nodon toshbag'r,
Onaning duosi asraydi axir,
Ne qilsa o'shani qaytarar taqdir,
Onani yig'latgan farzand xor bo'lar.

Mehr bersang senga beradi Xudo,
Ne qilsang barini ko'radi Xudo,
Ehtiyot bo'l, bir kun uradi Xudo,
Onani yig'latgan farzand xor bo'lar.

Dasturxon to'rini unga bermasa,
Taomlar zo'rini unga bermasa,
Bemor xastaligin ko'zi ko'rmasa,
Onani yig'latgan farzand xor bo'lar.

Beshavqat uzganda dil rishtasini,
O'ylamay o'tmishin yo ertasini,
Yolg'izlatib qo'ysa volidasini,
Onani yig'latgan farzand xor bo'lar.

Ahad Qayum kuylar onalar madhin,
Bukmaylik ularning aslo tik qaddin,
Kim bilmay yashasa agarda qadrin,
Onani yig'latgan farzand xor bo'lar.
Комментарии
Добавить