Алфавит

Ahad QayumOnasi borlar

00
  • Просмотров:  
  • Размер: 2,01 MB
  • Длительность: 2:12
  • Качество: 128
  • Дата релиза: 7-09-2020, 11:35
Слушать
Скачать

Текст песни
G'animat diydori armon bo'lmasdan,
Bir kun tirikligi yolg'on bo'lmasdan,
Bugungi imkonni qo'ldan bermasdan,
Onangizni asrang onasi borlar,
Otangizni asrang otasi borlar.

Shirin xotiralar so'zlab qolasiz,
Bir kun izlarini izlab qolasiz,
Oxir afsuslarda yig'lab qolasiz,
Onangizni asrang onasi borlar,
Otangizni asrang otasi borlar.

Hech qachon oqibat iplarin uzmang,
Mol-davlat topay deb siz yo'ldan ozmang,
Yaxshilik yo'lidan qalbingiz to'smang,
Onangizni asrang onasi borlar,
Otangizni asrang otasi borlar.

Keksaygan chog'ida holiga qarang,
Ularning dunyosin baxtlarga o'rang,
Xafa qilmang aslo ko'ngliga qarang,
Onangizni asrang onasi borlar,
Otangizni asrang otasi borlar.

Har bir ota-ona farzand deb yashar,
Bolasin baxti deb, jonini to'shar,
Ularning baxtiga kim baxtlar qo'shar,
Onangizni asrang onasi borlar,
Otangizni asrang otasi borlar.

Ahad Qayum yozar ba'zan nasihat,
Dildagi so'zlarni tushuning faqat,
Hech qachon ularga yetmasin bir dard,
Onangizni asrang onasi borlar,
Otangizni asrang otasi borlar.
Комментарии
Добавить