Алфавит

Ahad QayumOnam bilan

+11
  • Просмотров:  
  • Размер: 1,94 MB
  • Длительность: 2:07
  • Качество: 128
  • Дата релиза: 18-08-2020, 09:03
Слушать
Скачать

Текст песни
Do'stlarim qo'ng'iroq qilar har kuni,
Ko'rishaylik desa uzrim bildiraman.
Vaqtim boru ammo har kun yarim soat,
Onam bilan suhbatlashib o'tiraman.

Asabimni buzmayman hech men behuda,
Tongda turib yo ko'pincha kelib tunda,
Goh soatlab bir dasturxon atrofida,
Onam bilan suhbatlashib o'tiraman.

Ziyofatu, maishatlar o'yin kulgu,
Yarim tunda ko'cha kezib bilmay uyqu,
Hammasidan mening uchun avzaldir shu,
Onam bilan suhbatlashib o'tiraman.

Goh azaga guvoh bo'ldim gohi to'yga,
Nihol edik mana bugun yetdik bo'yga,
G'iybatlaru, bid'atlardan qochib uyga,
Onam bilan suhbatlashib o'tiraman.

O'tib ketgan qarindoshu urug'larni,
Bir eslaymiz shod bo'lsin deb pok ruhlari,
Unut bo'lsin deb dildagi anduhlari,
Onam bilan suhbatlashib o'tiraman.

Chalg'imasdan internetu telefonga,
Vaqt topaman eng mo'tabar bir insonga,
Ko'chadagi muammolar tegsa jonga,
Onam bilan suhbatlashib o'tiraman.

Ba'zilar der boshqalarchi Ahad Qayum,
Bizlarga ham vaqt topginda aziz do'stim,
Xo'p deymanda bilganimdan qolmay o'zim,
Onam bilan suhbatlashib o'tiraman.
Комментарии
Добавить