Алфавит

SHAKA, KonstaKapalak

+1414
  • Просмотров:  
  • Размер: 3,08 MB
  • Длительность: 3:22
  • Качество: 128
  • Дата релиза: 11-06-2020, 08:23
Слушать
Скачать

Текст песни
SHAKA
Sen o’z hayoting egasisan kapalak,
Ko’z o’ngingda kechmish dunyo-yu falak.
Bir o’qda aylanamiz go’yo biz ikkimiz
Sen bu charxpalakning egasisan kapalak.

Bir lovvillab yonaymi qutidagi gugurtdek?
Yovvoyi bo’laymi turtqich bermas burgutdek?
Qo’rs bo’laymi vijdonni chetga surib beshavqat?
Yo mayin bo’layinmi ishton kiygan bulutdek?

Ongim ne deyishga hayron yuragim tilka pora
Kulba-yu vayronam xilvatda vayrona
Ijozat bergaysan savol so’rmakka jindek
Sen nimaga bunday qilayapsan kapalak?

Prostitutsiya bu – butun boshli sanoat
Sen bu sanoatga o’lja bo’lma kapalak.
Qilaqolda qanoat boriga, qolma arosatda
Ishlat fahm-farosat, g’alta bo’ma kapalak

Faxsh bu – yolg’on
Faxsh katta makr
Bu faxshda sarson sho’rlik kapalakdir
Uni bir matoxdayin ko’rmang ey nodonlar
Kapalak bu – bir kun halok bo’lajak odamdir

Ne g’urbat ko’rsangda sen qudratlisan
Nechun xavotirdasan qanotlaring kaltadek?
Hayot oqimin jilovlashga qodirsan
“Ojizaman” - deb o’ylab xafa bo’lma kapalak

2x
Sen o’z hayoting egasisan kapalak
Ko’z o’ngingda kechmish dunyo-yu falak.
Bir o’qda aylanamiz go’yo biz ikkimiz
Sen bu charxpalakning egasisan kapalak.

Konsta
Sen xohlaganingdek yashashing mumkin
Oddiy odamlardek oila bag’rida tun-kun
Kimdur seni sevib yonib bo’ladi sen uchun kul
Bog’dagi uchrashuv u obqochadi sen uchun gul

Ikkalang oddiy cofe bilan oddiy kino
Bu topolonda ikkalang bir vujuddek inoq
U seni tushunadi, u ham senga yod
Bu hammasi oddiy lekin bunga tengi yo’q.

Bu barcha otel nomerlari bo’lolmiydi uy
Qadoqlar bilan bo’m-bo’sh qalbing to’lolmiydi
Quy ustidan, bir yo’ldosh topilmiydi yuztadan
Hech kim ko’rmagan bu ko’z yoshlaring ustiband

Sen ham shu kinolardek sevaolasanku eeey
Bu niqobingni yechsang sen ham bo’lasan guldey
Nega shu yo’ldasan? Sen nobud bo’lasanku
Qisqa qib javob berasan “pulde”

Tasavvur qil hayot oddiy arzon buket
Maksimum chorvoqdir bo’lmaydi Dubai yo pxuket
Sensan soddaroq mayli u yolg’onchiroqdur
Lekin shu yaxshiroqku kapalak bilan chiroqdan.

3x
Sen o’z hayoting egasisan kapalak
Ko’z o’ngingda kechmish dunyo-yu falak.
Bir o’qda aylanamiz go’yo biz ikkimiz
Sen bu charxpalakning egasisan kapalak.
Комментарии
Добавить