Алфавит
Главный » Ўзбекча янги қўшиқлар » Ark Yoshlari - Oqibatli do'stim

Ark YoshlariOqibatli do'stim

+107113
  • Просмотров:  
  • Размер: 5,88 MB
  • Длительность: 3:12
  • Качество: 256
  • Дата релиза: 20-08-2019, 14:13
Слушать
Скачать

Текст песни
Ulg'aygan sari ko'rdim man sekin
Hayotning qaltis hazillarin
Yaqiningman deganlar ishishing tushsa
Begonadan batar qiliqlari

Agar foydang bo'lsa yoningda albatta
Mehribon insonlar juda ham ko'p
Soxta jigarlaring paxtani qo'yishar
Sekin kiyib olib yana niqob

Baxtli kunga san aldanib qo'ymagin
Demagin do'stlarim son sanoqsiz
Eslab qo'y qora kunda ko'p yaqinlar ham
Bo'lib qoladi aslo yaroqsiz

Ularning sonimas aslida muhimdir
Ko'rinmaydigan sirli sifati
Boshladim qo'shig'im yo'qolmasin deya
Aslo jigarlarning oqibati

O'zgaribsan do'stim mayli qara
Ishim tushganida asab tarang
Qizchalaringga daromad toparding
Manga kelganda ja o'zgarar ranging

Yaxshi kunlarimda yonimda kulding
Og'ir kunda esa ko'pdir uzuring
Raqamim ko'rganda qotirma ensa
Oqibatli do'stim omading bersin


O'zgaribsan do'stim mayli qara
Ishim tushganida asab tarang
Qizchalaringga daromad toparding
Manga kelganda ja o'zgarar ranging

Yaxshi kunlarimda yonimda kulding
Og'ir kunda esa ko'pdir uzuring
Raqamim ko'rganda qotirma ensa
Oqibatli do'stim omading bersin

Kecha ishi tushib yelkamda qo'li
Etardi yaxshiyam borsan do'stim
Buguncha ozgina cho'ntagi to'lib
Payqab qolibdi u kam-u ko'stin

Yangi do'stlar topding mehribon qizlari
Eski do'stlar endi kerak emas
Ishlari yurishib hurmati oshganda
Sog'liq so'rab hatto yo'qlab kelmas

Mayli omad tilab indamay ketdim
Lekin ich-ichimdan qildi alam
Hozircha kayf-u safo avjida hayot
Mansiz ham davra zo'r har kun bayram

Cho'ntaging poylagan g'amxo'r yaqinlaring
Ortingdan bir kun kelib xanjar ursa
Gina qib o'tirma ko'zlarim o'sha payt
Sandaka do'stlarni ko'rmay qolsin

Ey bu hayotda hamma o'z foydasni ko'zlar
Yeydi odam odamni oqibat qochdi do'stlar
Soxta do'stlar bo'lgandan bo'lmagani afzaldir
Eslamay qo'yavering eslasangiz zerikkanda(x2)

O'zgaribsan do'stim mayli qara
Ishim tushganida asab tarang
Qizchalaringga daromad toparding
Manga kelganda ja o'zgarar ranging

Yaxshi kunlarimda yonimda kulding
Og'ir kunda esa ko'pdir uzuring
Raqamim ko'rganda qotirma ensa
Oqibatli do'stim omading bersin(x2)
Комментарии
Добавить
Umida
Umida Гости 6 февраля 2020 19:50
Zor? Gap yoq
Samandar
Samandar Гости 27 августа 2020 19:58
Щур гап йук сиздаг факат битта
Temur
Temur Гости 20 апреля 2021 20:47
Oka gap yoo omadilani bersn✊?❤️
Ulugʻbek
Ulugʻbek Гости 16 августа 2021 19:34
Bosnla gap yoq