Алфавит

ImronO'zbek

00
  • Просмотров:  
  • Размер: 9.55 MB
  • Длительность: 4:10
  • Качество: 320
  • Дата релиза: Сегодня, 00:05
Слушать
Скачать


Текст песни
Qiyosi yo'q uning mehri bir daryo
O'xshasa o'ziga o'xshaydi o'zbek
Boshqa millatlarni bilmadim ammo
Dunyoda bolam deb yashaydi o'zbek

O'nta bo'lsa o'rni boshqa uning chun
O'g'lim otashinda yaralgan uchqun
Qizim parilardan chehrasi gul - gul
Qoshlari qalam deb yashaydi o'zbek

Bir qo'lda belanchak, bir qo'lda Quron
Bir yelkada ketmon, birida iymon
Barchaga barobar ostobsimon
Yashnasin olam deb yashaydi o'zbek

O'zbek - o'zbek,
Dunyoda bolam deb yashaydi o'zbek
O'zbek - o'zbek,
Yashnasin olam deb yashaydi o'zbek

Bobolari qaysi yigitlardan kam
Momolari xo'shro'y yuzdan oshsa ham
Zurriyotlar bo'lsa, bitta uygacha
O'sha ketmay to'nin to'shaydi o'zbek

Ehtirom etganga ehromlari bor
Kekayganga bo'yib egmaydi zinhor
Beshik to'la jajji o'g'lonlari bor
Tosh o'tmas qo'rg'onga o'xshaydi o'zbek
Tosh o'tmas qo'rg'onga o'xshaydi o'zbek

O'zbek - o'zbek,
Dunyoda bolam deb yashaydi o'zbek
O'zbek - o'zbek,
Yashnasin olam deb yashaydi o'zbek
Комментарии
Добавить