Алфавит

Shaxzod UmarovOta nolasi

00
  • Просмотров:  
  • Размер: 9.24 MB
  • Длительность: 4:02
  • Качество: 320
  • Дата релиза: 26-03-2026, 22:25
Слушать
Скачать


Текст песни
Sog'insang yig'lama
Jonim bolama
Sening hayolingda
Har kun yuraman

Qani deb izlama
Mening otama
Endi tushlaringda
Kelib turaman

Omonat Allohga
Topshiridm seni
Ming shukur keltirdim
Bergan yoshiga

Ulg'ayib unutma
Jon bolam meni
Har zamon kelib tur
Qabrim boshiga

Har zamon kelib tur
Qabrim boshiga

Afsus orzularim
Ko'p edi attang
Ortimdan yig'lamay
Duolar qilgin

Unutib qo'yishsa
O'zga yaqinlar
Jon bolam haqqimga
Duolar qilgin

Unutib qo'yishsa
O'zga yaqinlar
Jon bolam qabrimga
Gullar ektirgin

Men bolam yo'l oldim
Yo'lim olisdir, sog'insam ichimga
Yutib yuraman,

Xudo jannat ato qilsa bandam deb
Sizlarni jannatda kutib turaman
Xudo jannat ato qilsa bandam deb
Sizlarni jannatda kutib turaman

Faqat omon bo'lgin
Taninga sixat
Ko'zyoshi to'kmagin
Sog'ingan damlar

Mehribon otangdan
Senga nasihat
Yetim deb kulmasin
Ko'rgan odamlar

Mehribon otangdan
Senga nasihat
Yetim deb kulmasin
Ba'zi odamlar

Yetim deb kulmasin
Ba'zi odamlar
Har zamon kelib tur
Qabrim boshiga

Sog'insang yig'lama......
Комментарии
Добавить