Алфавит
Главный » Ўзбекча янги қўшиқлар » Tohir Mahkamov - Mening hayotim

Tohir MahkamovMening hayotim

00
  • Просмотров:  
  • Размер: 9.76 MB
  • Длительность: 4:15
  • Качество: 320
  • Дата релиза: 3-02-2026, 14:48
Слушать
Скачать


Текст песни
Menga tegmang sizdan bitta o'tinchim
Borliq sizga bo'lsin azaldan abad
Alamim g'ururim shodlik o'kinchim
Bu mening hayotim meniki faqat

To'ydirdi dunyoning huzur ozori
To'ymaganim faqat onam diydori
Gunohu savobi yo'g'iyu bori
Bu mening hayotim meniki faqat

Ortiq hoy havasga ishqim yo'q mening
Chunki xushomadga xushim yo'q mening
Kim ne desa desin ishim yo'q mening
Bu mening hayotim meniki faqat

Qachonlardur ko'zim kulgan bilaman
Kimlardur zor kutgan izim bilaman
O'zimdan o'tganin o'zim bilaman
Bu mening hayotim meniki faqat

Dunyo ostonanga bosh urib keldim
Og'ring yelkamdan oshirib keldim
Lekun yuragimni yashirib keldim
Bu mening hayotim meniki faqat

Muhabbat haqida ikki og'iz so'z
Yodimda qolgani bir juft qora ko'z
U ham menga nasib etmagan ey do'st
Bu mening hayotim meniki faqat

Bo'ldi bo'ldi ortig'iga javob bermayman
Azob berganlarga azob bermayman
Xudodan boshqaga xisob bermayman
Bu meni hayotim meni hayotim
Комментарии
Добавить