Алфавит
Главный » Новые песни » olcha guli - mp3

olcha gulimp3

00
  • Просмотров:  
  • Размер: 3,16 MB
  • Длительность: 3:27
  • Качество: 128
  • Дата релиза: 6-11-2023, 21:06
Слушать
Скачать

Текст песни
Shamol silkib olcha gulin
Ayamay to'kib ketdi
Sevaverdim sevging yurak
Choklarim so'kib ketdi

Olcha gulin a'lo bilib
Xazonni titib ketdi
Hislarimni dorga ilib
Yuragim sitib ketdi

Sharqiragan soyning suvi
O'padi qirg'oq poyin
Kuragimdek taxtni tashlab
Poygakmi borgan joying

Oymomoni oyimsiz deb
Yulduzdan hol so'raymi
Sen o'zgaga qarab ketsang
Peshonamdan ko'raymi

Majnuntolning suvga yetmay
Sabri sindi zorlanib
Sevar edim jondan ortiq
Aytolmadim orlanib

Ketgan bahor qayta-qayta
Kelaverar uyalmay
Ko'ngil berib qo'yganimni-yey
Armondaman suyolmay

Armonlarni ohga bog'lab
Halinchak qilib uchdim
Dedim “rozi bo'lsin onam”
Sevmagan yorni quchdim

Dardlarimni ko'tarolmay
Halinchak ham uzilmasin
Qizlar sevmay rozi bo'lmang
Baxt uyi hech buzilmasin

Armonlarni ohga bog'lab,
Halinchak qilib uchdim
Dedim “rozi bo`lsin onam”
Sevmagan yorni quchdim

Shamol silkib olcha gulin
Ayamay to'kib ketdi
Sevaverdim sevging yurak
Choklarim so'kib ketdi

Olcha gulin a'lo bilib
Xazonni titib ketdi
Hislarimni dorga ilib
Yuragim sitib ketdi
Комментарии
Добавить