Алфавит
Главный » Новые песни » Xurshid Rasulov - Dadam yonimda bo'lsa

Xurshid RasulovDadam yonimda bo'lsa

+99
  • Просмотров:  
  • Размер: 11,22 MB
  • Длительность: 4:53
  • Качество: 320
  • Дата релиза: 30-10-2023, 22:11
Слушать
Скачать

Текст песни
Janon jonimda bo'lsa
Har bir onimda bo'lsa
Kechar edim baridan
Dadam yonimda bo'lsa

To'kib to'kib bor dardim
Quchib quchib yig'lardim
Izlarini hidlardim
Dadam yonimda bo'lsa

Sinishim kutganlarni
Yutardim yutganlarni
Boplardim dushmanlarni
Dadam yonimda bo'lsa

Sinishim kutganlarni
Yutardim yutganlarni
Boplardim dushmanlarni
Dadam yonimda bo'lsa

Tutib tursam qo'lidan
Shamolni ham yelidan
Bukar edim belidan
Dadam yonimda bo'lsa

Yurarmidim ayrilib
Zorlarini qayirib
Yashar edim buyurib
Dadam yonimda bo'lsa

Dadam uchun aytsa gar
Jon deb yutardim zaxar
Qani edi ox agar
Dadam yonimda bo'lsa

Dadam uchun aytsa gar
Jon deb yutardim zaxar
Qani edi ox agar
Dadam yonimda bo'lsa

Dadam to'lmay ellikga
Tashlab ketdi borliqqa
Chidardim ming bor yo'qqa
Dadam yonimda bo'lsa

G'amga qo'yardim nuqta
Dadam yonimda yo'qda
Baxtim bo'lardi puxta
Dadam yonimda yo'q
Комментарии
Добавить