Алфавит
Главный » Ўзбекча янги қўшиқлар » Sulaymon Yangiboyev - Muxtoj qilma

Sulaymon YangiboyevMuxtoj qilma

00
  • Просмотров:  
  • Размер: 10.68 MB
  • Длительность: 4:37
  • Качество: 320
  • Дата релиза: 29-10-2025, 17:39
Слушать
Скачать


Текст песни
Toshqin daryolardek oqqanda hayot
Misoli ko'lmakdek tindirib qo'yma
Tashvish g'amlaringni bergincha hayot
Aslo er - yigitni sindirib qo'yma

Dunyolar o'tkinchi bevafo ekan
Gul deya quchganing aslida tikan
O'zingdan so'rayman yaratgan egam
Bandanga muxtoj qildirib qo'yma

Bandanga muxtoj qilma
Bandanga muxtoj qilma
Tangrim o'zinga muxtoj bo'lay
Bandanga muxtoj qilma

Bandanga muxtoj qilma
Bandanga muxtoj qilma
Tangrim o'zinga muxtoj bo'lay
Bandanga muxtoj qilma

Gohi yurak bag'rim tig'laganimda
Azoblar hukmron erur tanamda
O'zinga tiz cho'kib yig'laganimda
Shaytonni ustimdan kuldirma

Aybdor o'zimman gunohga botgan
Diydasi muzlagan toshdayin qotgan
Do'zax ummoniga shayotnlar otgan
Qarmoqqa baliqdek ildirib qo'yma

Bandanga muxtoj qilma
Bandanga muxtoj qilma
Tangrim o'zinga muxtoj bo'lay
Bandanga muxtoj qilma

Bandanga muxtoj qilma
Bandanga muxtoj qilma
Tangrim o'zinga muxtoj bo'lay
Bandanga muxtoj qilma
Комментарии
Добавить