Алфавит
Главный » Ўзбекча янги қўшиқлар » Qodirjon Axmedov - O'tti besh kunlik davronim

Qodirjon AxmedovO'tti besh kunlik davronim

00
  • Просмотров:  
  • Размер: 3,56 MB
  • Длительность: 3:52
  • Качество: 128
  • Дата релиза: 6-07-2022, 09:49
Слушать
Скачать

Текст песни
Ko'p qoldi dilda armonim
Dardim ko'p yo'qdir darmonim
Ta'rif aylayin dostonim
Qurigan bog'u bo'stonim

Yetib keldi zimistonim
Hazon bo'lgan bahor onim
Yiqildi taxt-u somonim
O'tdi besh kunlik davronimey

Men bir mahallar yosh edim
Quyoshday so'qqa bosh edim
Yuzlar uchun quyosh edim
Yosh edim-u bebosh edim

Qop qora qalam qosh edim
Yuragi misli tosh edim
Go'zallarga sirdosha edim
Yo'lchi emas yo'ldosh edim

Parilarga o'ynosh edim
Ko'zlarida chun yosh edim
Bir bosh emas o'n bosh edim
O'tdi besh kunlik davronimeey

Ertaning g'amin yemasdim
O'zimni g'amgin qilmasdim
O'tinni o'tga solmasdim
O'rtanib g'amda qolmasdim

Umidsizlikka qolmasdim
Qaydan kelardi bilmasdim
Qayga ketardi bilmasdim
Yerga tushganni termasdim

O'zimni hech qiynamasdim
Qo'l sovuq suvga urmasdim
Dunyoning g'amin yemasdim
O'tdi besh kunlik davronimeey

Palahmon toshga otildim
Baland dorlarga osildim
O'zga yurtlarga sotildim
Tegirmon toshga bosildim

Botqoqlariga botildim
Yomonlar ila qotildim
Go'ra bo'lmay g'o'lim bo'ldim
Bir tirilib so'ngra o'ldim
Комментарии
Добавить