Алфавит
Главный » Ўзбекча янги қўшиқлар » Sevara Nazarxon - Bir kam dunyo

Sevara NazarxonBir kam dunyo

+11
  • Просмотров:  
  • Размер: 4,01 MB
  • Длительность: 4:23
  • Качество: 128
  • Дата релиза: 23-06-2020, 06:35
Слушать
Скачать

Текст песни
Gohida g‘am, goh quvonch,
Allaqanday tashvishlar,
Gohi gumon, goh ishonch
Qalb qafasin to‘ldirar.
O‘zimizga ishonib,
Goh kibrga boramiz,
Musibat yetgan chog‘da
Zaif titrab qolamiz.
Bu hayot dengizida
Biz misli bir tomchilar,
Har tomchi amalidan
Dunyo to‘ri to‘qilar.

Bir kam dunyo...
Shod-xurramlik, g‘am-qayg‘u
Unda birga turar.

Bir kam dunyo...
Yaxshilik va yomonlik
Mudom bahsin surar.

Bir kam dunyo…
Sinovingdan o‘tishga
Har kim madad, najot tilar.

Muhabbat - shirin og‘u.
Ishq quliga aylanib,
Bevafoning ahdiga
Goh qolamiz aldanib.
Mashaqqatli bu hayot
Aslida bir muallim.
Xom sut emgan bandalar,
Undan olmaymiz ta’lim.
Baxt-boylikka cho‘mganda
Yo‘qotamiz halovat,
Dunyo bir kamligiga
Hech qilolmaymiz toqat.
Комментарии
Добавить