Алфавит
Главный » Ўзбекча янги қўшиқлар » Gulsanam Mamazoitova, Ozodbek Nazarbekov - Dunyo

Gulsanam Mamazoitova, Ozodbek NazarbekovDunyo

+182204
  • Просмотров:  
  • Размер: 5,66 MB
  • Длительность: 3:39
  • Качество: 192
  • Дата релиза: 1-08-2019, 15:05
Слушать
Скачать

Текст песни
[Gulsanam Mamazoitova]
Ko'ngil nima bilmagan dunyo,
Chin vafosi bo'lmagan dunyo.
Yuraklarni dardga to'ldirib,
Bir kami to'lmagan dunyo.

[Ozodbek Nazarbekov]
Kim onaga, kim tirnoqqa zor,
Turfa nayrang savdolari bor.
Tarozisi buzilgan bozor,
Bir kami to'lmagan dunyo.

Dunyo, dunyo, dunyo,
Vafosi bo'lmagan dunyo.
Yuraklarni dardga to'ldirib,
Bir kami to'lmagan dunyo.

[Ozodbek Nazarbekov]
Davlat bilan o'lchab ishq qadrin,
Tushunmagan oshiqlar dardin.
Baxtlar yarim, ko'ngillar yarim,
Bir kami to'lmagan dunyo.

[Gulsanam Mamazoitova]
Bola emas goh ota edi,
Goh tashnaga suv bermas edi.
Bunda barcha g'amlari butun,
Bir kami to'lmagan dunyo.

Dunyo, dunyo, dunyo,
Vafosi bo'lmagan dunyo.
Yuraklarni dardga to'ldirib,
Bir kami to'lmagan dunyo.

[Gulsanam Mamazoitova]
Fursatlari yeldek shoshgan lek,
Tashvishlari tog'dan oshgan lek.
Daryolari to'lib-toshgan lek,
Bir kami to'lmagan dunyo.

[Ozodbek Nazarbekov]
Nolimoqdan aslo yo'q foyda,
To'kis dunyo bu boshqa joyda.
To azaldan buzilmas qoida,
Bir kami to'lmagan dunyo.

Dunyo, dunyo, dunyo,
Vafosi bo'lmagan dunyo.
Yuraklarni dardga to'ldirib,
Bir kami to'lmagan dunyo.
Комментарии
Добавить